Buxoroda rossiyalik professorlar murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazishdi

Yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida o‘tkazildi.
Sputnik
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Buxoroda rossiyalik professorlar murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazishdi, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, yaqinda Rossiyaning Ilizarov nomidagi travmatologiya va ortopediya akademiyasi professorlari Mixail Toplenkiy hamda Eduard Parfonov xizmat safari bilan Buxoroda bo‘lishdi.
Buxoroda rossiyalik professorlar murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazishdi
Viloyat Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bo‘lgan mutaxassislar davolanayotganlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, jarohat oqibatlari, ortopediya va neyroxirurgiya bo‘limlarida oldingi yillarda jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazgan bemorlarda tekshiruv o‘tkazishdi.
Buxoroda rossiyalik professorlar murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazishdi
“Rossiyalik mutaxassislar bilan hamkorlikda viloyat Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining jarohat oqibatlari, ortopediya va neyroxirurgiya bo‘limi shifokorlari suyak-mushak tizimida og‘ir tug‘ma va orttirilgan deformatsiyalari bo‘lgan 3 nafar bemorda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotini o‘tkazishdi”, — deydi markaz axborot xizmati rahbari Majid Ochilov.
Qayd etilishicha, bu amaliyotlardan so‘ng bemorlar umumiy ahvoli yaxshilanmoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, har yili har yuz ming chaqaloqdan 6-10 nafari yurak nuqsoni va boshqa tug‘ma kasalliklar bilan dunyoga keladi.