Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon madaniyat vazirini qabul qildi — muhokama etilgan masalalar

O‘zbekistonda Ozarbayjon madaniyati kunlari bo‘lib o‘tmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon madaniyati kunlarini o‘tkazish doirasida respublikada bo‘lib turgan Ozarbayjon madaniyat vaziri Adil Karimlini qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Uchrashuv avvalida Adil Karimli prezidentga Ozarbayjon yetakchsi Ilhom Aliyevning salomlari va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini, shu jumladan ustuvor hisoblangan gumanitar sohadagi aloqalarni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon madaniyat vaziri Adil Karimlini qabul qildi.
"Mamlakatimiz yetakchisi so‘nggi yillarda madaniy almashinuv faollashganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi", — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bugun boshlangan Ozarbayjon madaniyati kunlari doirasida shoir va mutafakkir Muhammad Fuzuliy kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, ko‘rgazma, sahna asarlari namoyishlari va boshqa tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon madaniyat vaziri Adil Karimlini qabul qildi.
"Yo‘l xaritasi" asosida faol muloqotni va tabirlarga boy madaniy dasturni davom ettirish, YuNESKO, TURKSOY va AYSESKO kabi xalqaro tashkilotlar doirasida qo‘shma tashabbus va loyihalarni ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.
Ma’lumot uchun, shu yil boshidan buyon Bokuda O‘zbekiston ilm-fani va madaniyati kunlari, ko‘rgazma va "Lazgi" milliy baleti premyerasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.