Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari DXRning Staromayorskoe qishlog‘ini ozod qildi

Mudofaa vazirligi: Rossiya qurolli kuchlari DXRning Staromayorskoe qishlog‘ini ozod qildi.
Sputnik
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Rossiyaning "Vostok" qo‘shinlari guruhi DXRdagi Staromayorskoyeni ozod qildi. Bu haqda RIA Novosti Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, "Vostok" qo‘shinlari guruhining bo‘linmalari dushman mudofaasi tubiga yurishni davom ettirdi va Donesk Xalq Respublikasining Staromayorskoe qishlog‘ini ozod qildi.
"So‘nggi 24 soat ichida Ukraina Qurolli kuchlari frontning ushbu sektorida 140 nafargacha harbiy xizmatchi, ikkita transport vositasi, D-20 quroli, FH-70 va D-30 gaubitsalarini yo‘qotdi", — deyiladi xabarda.
O‘tgan haftada Jamoatchilik palatasining suverenitet masalalari bo‘yicha komissiyasi raisi, yangi hududlarni integratsiyalashuvi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash hamraisi Vladimir Rogov RIA Novosti agentligiga Rossiya bo‘linmalari dushmanni Staromayorskoyening shimoliy chekkasiga yuborganini aytgandi.