TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva Boku shahrida Ozarbayjon Milliy Mejlisi raisi Sahiba Gafarova bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda tomonlar parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar. Xususan, yuqori darajadagi ikki tomonlama kelishuvlarning amalga oshirilishini ta’minlash, shu jumladan, parlamentlarning savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi qo‘shma loyihalarni huquqiy jihatdan ta’minlashi masalalariga e’tibor qaratildi.
2022 yilda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Toshkentda imzolangan amaliy harakatlar rejasi, ya’ni “yo‘l xaritasi” ijrosi to‘liq ta’minlangani alohida qayd etildi.
Sotrudnichestvo mejdu parlamentami Uzbekistana i Azerbaydjana rasshirayetsya
© Senat Oliy Majlisa
Uchrashuv yakunida parlamentlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga qaratilgan 2024–2025 yillarga mo‘ljallangan yangi “Yo‘l xaritasi” imzolandi.
Sotrudnichestvo mejdu parlamentami Uzbekistana i Azerbaydjana rasshirayetsya
© Senat Oliy Majlisa
Ushbu hujjat parlament a’zolari o‘rtasida tashrif almashish orqali o‘zaro munosabatlarni chuqurlashtirish, qonun ijodkorligi faoliyatini rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Shuningdek, undan ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, turizm, ekologiya, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikning huquqiy asoslarini takomillashtirish kabi yo‘nalishlar ham o‘rin olgan.