O‘zbekiston Rim konvensiyasiga qo‘shildi

Rim konvensiyasi ijrochilar, fonogramma ishlab chiqaruvchilari va radioeshittiruvchi tashkilotlarining turdosh huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.
Sputnik
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. O‘zbekiston mediamahsulotlar yaratuvchilari huquqlarini himoya qilish bo‘yicha 1961-yilgi Xalqaro konvensiyaga qo‘shildi. Bu haqida prezident 6-iyun kuni imzolagan 930-sonli qonunda aytib o‘tilgan.
Konvensiyaga qo‘shilish intellektual mulk huquqlarini himoya qilishning ilg‘or xalqaro standartlarini joriy etishga, shuningdek, O‘zbekiston nufuzini oshirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston ushbu konvensiyaga ikkita shart bilan qo‘shilgan:

1. O‘zbekiston radioeshittirish tashkilotining bosh qarorgohi boshqa Ahdlashuvchi davlatda joylashgan bo‘lsa va uzatish shu davlatda joylashgan uzatuvchi orqali amalga oshirilsagina, radioeshittirishni himoya qiladi (Konvensiyaning 2 bandiga oid);
2. O‘zbekiston ishlab chiqaruvchisi boshqa Ahdlashuvchi davlatning milliy yoki yuridik shaxsi bo‘lmagan fonogrammalarga nisbatan 12-moddani qo‘llamaydi. (Konvensiyaning 16 bandiga oid);
Yangi qonun 2024-yil 6-iyundan kuchga kirdi.