TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Toshkentda Pushkin maydonidagi atoqli rus shoiri haykali poyiga gullar qo‘yildi. Oltin asrning buyuk shoiri Aleksandr Pushkinning 225-yilligi nishonlanmoqda. Bu kun Xalqaro rus tili kuni ham nishonlanadi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov tabriknomada ta’kidlaganidek, hozirda sayyoramizning 250 milliondan ortiq aholisi rus tilida gaplashmoqda.
Tantanali marosimda Rossotrudnichestvo vakolatxonasi rahbari Irina Staroselskaya, Rus madaniy markazi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Shundan so‘ng Pushkin ijodiga bag‘ishlangan konsert bo‘lib o‘tdi. Shoirning she’rlari, ariyalar yangradi, xalq ansambllari raqs ijro etishdi.
Konsertda Irina Staroselskaya O‘zbekistonning eng keksa rus shoiri Oleg Bordovskiyni 94 yoshi bilan tabrikladi. U Pushkinga bag‘ishlagan she’rini o‘qib berdi.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.