Endi alkogol va tamaki bozorini maxsus inspeksiya nazorat qiladi

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshida Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil etiladi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan tegishli farmonda nazarda tutilgan.
Prezident “Alkogol va tamaki mahsulotlari bozorini tartibga solish hamda ularning noqonuniy aylanmasining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish to‘g‘risida”gi farmonini imzoladi.
Unga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshida Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil etiladi.
“Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va realizatsiya qilish hamda ushbu jarayonlar ustidan nazoratini ta’minlash bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritishda ishtirok etish inspeksiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi”, — deyiladi hujjat matnida.
Farmonga ko‘ra, 2024-yil 1-oktabrdan iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo‘shimcha litsenziya talablari joriy etiladi.
yillik litsenziya to‘lovlarini, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablarga rioya qilish;
alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishda va ularning savdosida sifat talablariga, shuningdek, aksiz markalarini qo‘llash hamda identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tartiblariga rioya etish.
alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini monitoring va nazorat qilish imkonini beruvchi videokuzatuv vositalarini o‘rnatish.
Alkogol va tamaki mahsulotlari ulgurji realizatsiyasiga oid shartnomalar soliq organlarida majburiy hisobga qo‘yiladi.
yashirin ishlab chiqarish, aksiz markasiz, raqamli markirovkasiz yoki sifatsiz alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish holatlari aniqlanganda ishlab chiqarish uskunalari davlat foydasiga o‘tkaziladi;
qalbaki aksiz markali, aksiz markasiz, raqamli identifikatsiya vositasi bilan markirovkalanmagan, qalbaki markirovka kodlari bilan markirovkalangan alkogol va tamaki mahsulotlari nazorat qiluvchi organlar tomonidan muomaladan olinadi. Ushbu mahsulotlar bilan savdo qilish huquqini beruvchi litsenziya (ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat) belgilangan tartibda bekor qilinadi;
iste’mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ulgurji realizatsiyasiga oid shartnomalar soliq organlarida majburiy hisobga qo‘yiladi;
har yarim yil yakunlari bo‘yicha aroq, shuningdek, iste’mol etil spirtidan aroq va likor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqarishda mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish ko‘rsatkichi 60 foizdan kam bo‘lganda, belgilangan 60 foizning bajarilmagan qismiga aksiz solig‘i summasining 50 foizi miqdorida moliyaviy jarima hisoblanadi.
Bunda har yarim yillik yakunlari bo‘yicha mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish ko‘rsatkichi 60 foizdan ko‘p bo‘lganda va aksiz solig‘i to‘liq to‘langan taqdirda, undirilgan moliyaviy jarima summalari korxonaga qaytarib beriladi.
Farmonga ko‘ra, (2025 yil 1-yanvargacha iste’mol etil spirti va alkogol mahsulotlarini (bundan tabiiy va ko‘piklanadigan vinolar, pivo va pivo ichimliklari mustasno) ishlab chiqaruvchi har bir korxonaga Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari biriktiriladi.
Ishlab chiqaruvchi “Litsenziya” axborot tizimi orqali litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish haqida xabardor qilingan kundan 10 ish kuni ichida soliqlar va yig‘imlarning to‘liq to‘langanligi hamda iste’mol etil spirti va alkogol mahsulotlarining qoldiqlari xatlovdan o‘tkaziladi.
"2024 yil 1-sentabrdan iste’mol va texnik etil spirti xarid qilgan ishlab chiqaruvchilar tomonidan O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining axborot tizimiga xarid qilish jarayonida joylashtirilgan iste’mol va texnik etil spirtidan foydalanish maqsadlaridan boshqa maqsadda foydalanilganligi aniqlanganda, oxirgi 12 oyda birja savdolarida xarid qilingan iste’mol va texnik etil spirti hajmiga hisoblanadigan aksiz solig‘i summasining 2,5 baravari miqdorida soliq organlari tomonidan moliyaviy jarima qo‘llaniladi", — deyilgan hujjat matnida.
Inspeksiyaga iste’mol va texnik etil spirtini masofaviy onlayn kuzatish (GPS) tizimi o‘rnatilmagan, elektron hisobvaraq-fakturasiz, tovar-transport yuk xatisiz hamda belgilangan talablarga javob bermaydigan transport vositalariga yuklash va tashish holatlari litsenziya talablarini buzish deb baholanib, litsenziyaning amal qilishini 10 kun muddatga to‘xtatib turish vakolati beriladi.
Bunda litsenziya talablari bir yil ichida takroran buzilgan taqdirda, BHMning 500 baravari miqdorida moliyaviy jarima qo‘llaniladi.