O‘zbekistonlik jurnalistlar Hindistonda malaka oshiradi

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Hindiston Press-klubi o‘rtasida ahdlashuv memorandumi imzolandi.
Sputnik
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Hindiston Press-klubi o‘rtasida ahdlashuv memorandumi imzolandi, deya xabar berdi “Dunyo” AA.
O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari vakillari delegatsiyasi Hindistonda o‘zaro hamkorlikni yanada faollashtirishga qaratilgan muzokaralar o‘tkazdi. Unda ikki mamlakatdagi islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazish, ushbu jarayonga yetakchi ommaviy axborot vositalarini faol jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Hindiston Press-klubi o‘rtasida ahdlashuv memorandumi imzolandi
“Tadbirda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Hindiston Press-klubi o‘rtasida ahdlashuv memorandumi imzolandi”, — deyiladi xabarda.
Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Xolmurod Salimovning so‘zlariga ko‘ra, imzolangan hamkorlik memorandumida o‘zbekistonlik jurnalistlarni Hindistonda bilim va malakasini oshirish, taniqli hind jurnalistlari ishtirokida mahorat darslari o‘tish va boshqa muhim vazifalar ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston va Hindiston yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillarining muloqotlari chog‘ida ikki tomonlama ijodiy aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarishning amaliy yo‘nalishlari belgilab olindi.