TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi davomida Qorako‘l tumanida jamoatchilik vakillari bilan suhbatlashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Buxorolik nuroniylar ijtimoiy davlat tamoyili asosida joylarda inson manfaatlari ta’minlanayotganini aytishdi. Nuroniylar Buxoroda ishga tushirilayotgan va qurilayotgan korxonalarning aholi bandligidagi ahamiyatini qayd etib, davlat rahbariga minnatdorlik bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev iskrenne pobesedoval s predstavitelyami obshestvennosti v Karakulskom rayone.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev iskrenne pobesedoval s predstavitelyami obshestvennosti v Karakulskom rayone.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Qorako‘l tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivini borib ko‘rdi.
Loyiha ikki bosqichli bo‘lib, 1 ming 380 xonadonli 71 ta ko‘p qavatli uy, ta’lim va tibbiyot muassasalari, mahalla markazi hamda xizmat ko‘rsatish obyektlari qurilishi ko‘zda tutilgan. Hozirda birinchi bosqichda 12 ta ko‘p qavatli uy, maktab, bolalar bog‘chasi, poliklinika foydalanishga topshirilgan. Prezident shu yerda mahalla vakillari bilan suhbatlashdi.
Shavkat Mirziyoyev posetil massiv "Yangi Uzbekiston" v Karakulskom rayone.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Mahallada “yettilik” hamfikr va hamjihat bo‘lsa, ishsizlik, jinoyat bo‘lmaydi. Buning uchun ularda yetarli vakolat bor. Mutasaddi tashkilotlarni jalb etib, odamlarning daromad topishiga yordam berish kerak. Maktabda ta’lim sifatidan xabardor bo‘lish, bitiruvchilarni oliy ta’limga, daromadli hunarlarga yo‘naltirish zarur”, - dedi davlat rahbari.
Atrofni, yo‘l bo‘ylarini obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Kelgusida hududda istirohat bog‘i va suzish havzalari tashkil etiladi. Bo‘sh maydonlarga daraxtlar ekilib, xiyobonga aylantiriladi.
Shavkat Mirziyoyev posetil massiv "Yangi Uzbekiston" v Karakulskom rayone.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev Qorako‘l tumanida yangi loyiha asosida ta’mirlangan avtomobil yo‘lini ham ko‘zdan kechirdi.
Samarqand – Buxoro – Turkmanboshi avtomobil yo‘lining Qorako‘l tumanidan o‘tgan bir qismi namunaviy shaklga keltirildi. Loyihaga ko‘ra, 4 tasmali yo‘l yangicha qatlamli asfalt-beton bilan qoplangan. Bunda mustahkamligi yuqori innovatsion materiallardan foydalanilgani evaziga yo‘lning sifati oshgan. Masalan, hozirgi an’anaviy asfalt yo‘llar o‘n besh yil atrofida qayta qurilsa, yangi loyiha bo‘yicha yigirma yilgacha xizmat qiladi. Ularni joriy ta’mirlash oralig‘i ham uzayadi.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s tipovim proyektom po stroitelstvu avtomobilnix dorog.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Davlat rahbari aholi manfaatiga qaratilgan bunday ishlarni kengaytirish zarurligini ta’kidladi.
“Asosiy vazifa - yo‘llarda sifat va madaniyatni ta’minlash”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident daraxt ekish yo‘l qurilishi bilan birga olib borilishi shart ekanini ta’kidladi. Shu yerda transport va bunyodkorlik loyihalari taqdimot qilindi.
G‘ijduvon tumanidan Turkmaniston chegarasigacha 155 kilometr yo‘lni rekonstruksiya qilish loyihasi ma’qullandi. Yo‘lsozlik sohasida kadrlar tayyorlash, mutaxassislarning rivojlangan davlatlarda malaka oshirishini tashkil etish lozimligi ta’kidlandi.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s tipovim proyektom po stroitelstvu avtomobilnix dorog.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Buxoro shahrini rivojlantirish konsepsiyasi ham ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, shaharda “Yangi O‘zbekiston” massivi va bog‘i bunyod etilishi rejalashtirilgan. Bog‘da Buxoro tarixi zamonaviy yondashuvlar asosida namoyon etilishi ko‘zda tutilgan. Bu loyihaning g‘oyaviy mazmuni va texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.