TOShKENT, 31-may — Sputnik. Sputnik matbuot markazida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifining yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani 4-iyun kuni soat 11.00 da (Toshkent vaqti) Sputnik multimedia matbuot markazida Moskva-Toshkent videoko‘prigi formatida bo‘lib o‘tadi.
Unda Moskvadan — IMEMO RAN Markaziy Osiyo sektori rahbari Stanislav Pritchin va Toshkentdan – O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Bobur Rasulevlar ishtirok etadi.
Anjumanda ekspertlar quyidagi va boshqa savolllarga javob beradi: Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifining asosiy natijalari qanday? Erishilgan asosiy kelishuvlar. Yaqin kelajakda Rossiya va O‘zbekiston hamkorligi doirasida qanday yangi loyihalar amalga oshiriladi? Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aloqalari va sarmoyaviy faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar.
Jurnalistlar ishtirok etishga taklif qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun kontaktlar: +99897 1907178, @alisherakimbaev.