Davlat qarzi salkam 20 foizga oshdi

O‘zbekistonning davlat qarzi 2023-yilda 19,5 foizga oshib, 34,9 milliard dollarni tashkil etdi – Iqtisodiyot vazirligi.
Sputnik
TOShKENT, 31-may – Sputnik. 2023-yil yakuniga ko‘ra O‘zbekistonning umumiy davlat qarzi 19,5 foizga o‘sib, 34,9 milliard dollarni tashkil etdi. Bu respublika yalpi ichki mahsulotining 38,4 foizini tashkil etadi, deb xabar berdi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.

Jumladan, tashqi davlat qarzi 14,3 foizga oshib, 29,64 milliard dollarni, ichki qarz esa 1,6 baravarga oshib, 5,3 milliard dollarni tashkil etdi, - deyiladi vazirlik saytida e’lon qilingan ma’lumotlarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, davlat qarzining YaIMga nisbati o‘tgan yil oxirida 2022-yilga nisbatan 36,4 foizdan 38,4 foizgacha oshgan.
O‘tgan yilning may oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Davlat qarzi to‘g‘risida”gi qonunni imzolab, bu ko‘rsatkichni yalpi ichki mahsulotning 60 foizigacha cheklagan edi.
Davlat qarzining eng yuqori miqdori belgilandi