Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi - 2024-yil

Nega Putinning O‘zbekistonga tashrifi uch kun davom etdi — Peskov javobi

Peskov: Putinning O‘zbekistonga tashrifi keng ko‘lamli kun tartibi tufayli uch kun davom etdi.
Sputnik
TOShKENT, 28-may — Sputnik. Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev tongi soat uchgacha yuzma-yuz gaplashdi. Bu haqda Rossiya yetakchisi matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalist Pavel Zarubinga ma’lum qildi.

"Putin va Mirziyoyev tongi soat uchgacha yuzma-yuz gaplashdi, O‘zbekiston prezidenti Rossiya rahbarini uyiga taklif qildi. Davlat rahbarlarini chinakam shaxsiy do‘stlik bog‘lab turadi", — dedi prezident matbuot kotibi.

Uning aytishicha, Putinning O‘zbekistonga tashrifi keng ko‘lamli kun tartibi tufayli uch kun davom etdi.
"Kun tartibi shu qadar mazmunli, shu qadar aniq va shu qadar kengki, u davlat rahbarlari tomonidan juda batafsil muhokamalarni talab qiladi", — deya qayd etdi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bu pandemiyadan keyingi birinchi uch kunlik tashrif.

“Bu tashrif so‘nggi to‘rt yil ichida Rossiya prezidentining birinchi uch kunlik davlat tashrifi bo‘ldi. Chunki bu yerda muhokama qiladigan ishlarimiz ko‘p. Rossiya O‘zbekiston iqtisodiga ko‘p sarmoya kiritgan, bu yerda amalga oshirayotgan loyihalarimiz ham ko‘p”, - deb tushuntirdi Peskov Putinning 3 kunlik tashrifi sabablarini.

Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi - 2024-yil
Putin va Mirziyoyevning shaxsiy munosabatlari juda yaxshi — Peskov