TOShKENT, 28-may — Sputnik. Qoraqalpog‘iston va Buratiya hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. Bu bo‘yicha tegishli hujjat Toshkentda bo‘lib o‘tgan Rossiya va O‘zbekiston hududlari mintaqalararo hamkorlik forumida imzolandi.
“Buratiya rahbari Aleksey Sidenov va Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi Farhod Ermanov hukumat va respublikalar Vazirlar Kengashi o‘rtasida doimiy faoliyat yurituvchi o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar”, — deyiladi xabarda.
Hujjatdan ko‘zlangan maqsad tomonlar o‘rtasida ikki tomonlama manfaatli sohalarda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro manfaatli aloqalarni o‘rnatish va ishbilarmonlik aloqalarini rag‘batlantirishdan iborat.
Qayd etilishicha, memorandum asosida Buratiya va Qoraqalpog‘iston o‘rtasida o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlik to‘g‘risida bitimlar tuziladi.
Sidenovning so‘zlariga ko‘ra, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri savdo-sotiqdir, xususan, organik sabzavot va mevalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish, hozirda vositachilar orqali amalga oshirilayotgani o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar uchun ham, Buratiya aholisi uchun ham foydali.
Tomonlar o‘rtasida yengil sanoat: qadoqlash karton mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha ham aloqa nuqtalari mavjud. Ular bugungi kunda Buratiyadan Lotin Amerikasi va Osiyo mamlakatlariga yetkazib berilmoqda. To‘qimachilik – O‘zbekiston xomashosini Buratiyada qayta ishlash imkoniyatlari muhokama qilinmoqda.