TOShKENT, 27-may — Sputnik. Rossiya gazini Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga eksport qilish muddatidan ancha oldin amalga oshirilmoqda, Rossiya Federatsiyasi ushbu hajmni oshirishga tayyor. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokarada ma’lum qildi.
“Alohida aytib o‘tmoqchimanki, 2023-yil 7-oktabrda siz va men va Qozog‘iston prezidenti Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berishni boshladik. Hozirda eksport muddatidan ancha oldin amalga oshirilmoqda, agar kerak bo‘lsa, biz bu hajmni oshirishga tayyormiz”, — dedi Putin.
Ma’lumot uchun, shu kunlarda Rossiya Federatsiyasi prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida muzokaralar boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning fevral oyida Rossiya elchisi Oleg Malginov Moskva va Toshkent O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini oshirishni muhokama qilayotganini aytgan edi.