Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi - 2024-yil

2030 yilga borib O‘zbekistondagi barcha maktablarda rus tili o‘qitilishi yaxshilanadi

Rus tilidan O‘zbekistonda millatlararo muomala tili sifatida foydalaniladi. Respublikada 862 ta maktabda ta’lim rus tilida olib boriladi.
Sputnik
TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbekistonda rus tili o‘qitilishi sifatini oshiruvchi loyiha 2030-yilga borib respublikaning barcha maktablarini qamrab olishi kerak. Bu Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Toshkentga tashrifi dasturiga oid materiallardan ma’lum bo‘ldi.

"Madaniyat va ta’lim sohasidagi aloqalar kengaytirilmoqda. Rossiyalik o‘qituvchilarni respublika maktablariga yo‘llovchi va o‘zbekistonlik o‘qituvchilarning kompleks qayta tayyorlashni nazarda tutuvchi “Klass!” (“Zo‘r!”) loyihasi amalga oshirilmoqda. 2030-yilga borib deyarli barcha maktablarni va 30 ming pedagogni qamrab olish rejalashtirilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, rus tilidan O‘zbekistonda millatlararo muomala tili sifatida foydalaniladi. Respublikada 862 ta maktabda ta’lim rus tilida olib boriladi.
Rossiya va O‘zbekistonning “Klass!” (“Zo‘r!”) loyihasi O‘zbekiston maktablarida rus tilini o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan. Loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi memorandum 2020-yil oktabrida imzolangan.
Rossiya universiteti O‘zbekiston maktablari uchun rus tili darsliklarini tayyorladi