TOShKENT, 25-may — Sputnik. Bu yil O‘zbekistonda 414 mingdan ortiq 11-sinf o‘quvchilari maktabni tamomlamoqda. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumotlari darak bermoqda.
Umumta’lim muassasalarida 2023/2024 o‘quv yili boshida 11-sinflarda respublika bo‘yicha jami 414,6 ming nafar o‘quvchi qayd etilgan.
Shundan:
qiz bolalar – 223,1 ming nafar;
o‘g‘il bolalar – 191,5 ming nafar.
Avvalroq, prezident Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilarini tabriklagandi.