Erkin Vohidov ijodiga bag‘ishlangan adabiy festival o‘tkazildi

Prezident ushbu adabiy festivalni har yili an’anaviy tarzda o‘tkazish taklifini qo‘llab-quvvatladi.
Sputnik
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida O‘zbekiston Qahramoni va xalq shoiri Erkin Vohidovning ijodiga bag‘ishlangan adabiy festival tashkil etildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Tadbirda prezident Shavkat Mirziyoyevning festival qatnashchilariga tabrigi o‘qib eshittirildi.
Segodnya v Bostonlikskom rayone xokimom Tashkentskoy oblasti, Soyuzom pisateley Uzbekistana, telekanalom "UzReport" organizovan literaturniy prazdnik

“Men Erkin Vohidovdek serqirra iste’dod egasi, haqiqiy vatanparvar va millatparvar inson bilan zamondosh va maslakdosh bo‘lib yashash nasib etganidan baxtiyorman”, - deb ta’kidlangan davlat rahbarining qutlovida.

Shuningdek, hozirgi kunda yetishib kelayotgan iste’dodli yoshlar buyuk ustozlarning yo‘lini munosib davom ettirayotganiga mamnuniyat bildirilgan. Prezident ushbu adabiy festivalni har yili an’anaviy tarzda o‘tkazish taklifini qo‘llab-quvvatlab, festival ishtirokchilari va tashkilotchilariga, uning g‘olib va sovrindorlariga muvaffaqiyatlar tilagan.
Segodnya v Bostonlikskom rayone xokimom Tashkentskoy oblasti, Soyuzom pisateley Uzbekistana, telekanalom "UzReport" organizovan literaturniy prazdnik
Segodnya v Bostonlikskom rayone xokimom Tashkentskoy oblasti, Soyuzom pisateley Uzbekistana, telekanalom "UzReport" organizovan literaturniy prazdnik
Erkin Vohidov 1936-yil 28-dekabrda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tug‘ilgan. 2016-yil 30-mayda Toshkentda vafot etgan.