Makron bloki Ukraina tufayli Yevropa parlamenti saylovlarida yutqazishi mumkin — OAV

OAV: Makron hukumati jamoatchilikka jinoyatga nisbatan qattiqqo‘l ekanini isbotlashga ko‘p urinmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va uning ittifoqchilari Ukraina mojarosi tufayli Yevroparlament saylovlarida yutqazishi mumkin. Bu haqda "Politico" nashri xabar berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“Fransuzlar nazarida umumevropa mavzusi va Kiyevni qo‘llab-quvvatlash hamon uzoq muammolardek ko‘rinadi”, — deb yozadi nashr.

"Odoxa" tadqiqot kompaniyasining yaqinda o‘tkazgan so‘roviga ko‘ra, respondentlarning atigi o‘ndan biri Ukraina mojarosini o‘z tanloviga ta’sir qiladigan uchta omildan biri deb atagan, uchdan biridan ko‘prog‘i (35 foiz) xavfsizlik masalasiga ustunlik bergan.

"Fransuzlar global xavfsizlikdan ko‘ra o‘z chegaralaridagi xavfsizlik haqida ko‘proq qayg‘uradilar", — dedi "Odoxa" tahlilchisi Ervan Lestroan.

Maqolada qayd etilishicha, Makron hukumati jamoatchilikka jinoyatga nisbatan qattiqqo‘l ekanini isbotlashga ko‘p urinmoqda, biroq tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, fransuzlarning 70 foizi hukumatning bu boradagi harakatlarini yetarli emas deb hisoblaydi.
“Yo‘q... Lekin ha. Makron Ukraina mojarosida ishtirok etish haqidagi savolga javob berdi