Matbuot markazi

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon energetika tizimi istiqbollari muhokama qilinadi

Toshkent, Ostona va Bokuda ekspertlar uch mamlakatning energetika tizimlarini birlashtirish istiqbollarini muhokama qilishadi.
Sputnik
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida 23-may kuni soat 11:00 da (Toshkent vaqti bilan) “Qozog‘iston, O‘zbekiston va Ozarbayjon energetika tizimlarini birlashtirish istiqbollari” mavzusida Ostona-Boku-Toshkent videoko‘prigi bo‘lib o‘tadi.
May oyi boshida Qozog‘iston, Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida elektr energiyasini kelgusida Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilish maqsadida uch davlatning energetika tizimlarini birlashtirish va Kaspiy dengizi tubi bo‘ylab yuqori voltli kabel yotqizish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolangan edi.
Uch mamlakatning energetika sohasidagi hamkorligining istiqbollari qanday? Mamlakatlar “yashil” elektr energiyasini eksport qilishga qanchalik tayyor? Ushbu loyiha qanchalik foydali bo‘ladi? Uchrashuv ishtirokchilari shu va boshqa masalalarni muhokama qiladi.
Toshkentdagi spikerlar: “Norma” kompaniyasi eksperti, iqtisod fanlari nomzodi Jorilla Abdullayev, iqtisod fanlari nomzodi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi Nodira Zikrillayeva;
Ostonadagi spikerlar: Qozog‘iston Respublikasi Energetika vazirligi Jamoatchilik kengashining Energetika va yadro sanoati bo‘yicha qo‘mitasi raisi Yerkebulan Kojmambetov;
Bokudagi spikerlar: dotsent, Ozarbayjon Respublikasi Fan va ta’lim vazirligi Iqtisodiyot instituti yetakchi ilmiy xodimi Emin Mamedzade.
Jonli efirni Sputnik O‘zbekiston saytida kuzatish mumkin.
Jurnalistlar ishtirok etish uchun taklif qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun telefon raqami va Telegram manzili: +998971907178, @alisherakimbaev.