TOShKENT, 20-may — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) statistika sohasida Yevroosiyo integratsiyasining yangi dasturini ishlab chiqishga kirishmoqda. Bu haqda YeIK integratsiya va makroiqtisodiyot vaziri Sergey Glazyev ma’lum qildi.
Moskvada bo‘lib o‘tgan seminarda 2030-yilgacha statistika sohasida Yevroosiyo integratsiyasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Glazyev 2025-yilda YeOII statistika sohasida integratsiyani rivojlantirish bo‘yicha Dasturni amalga oshirish yakunlanlanayotgani va bugungi kunda esa ishbilarmonlar va ekspertlar hamjamiyati bilan birgalikda ushbu sohada yangi strategik harakatlar rejasini ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.
"Foydalanuvchilarni zamonaviy talablarga javob beradigan zamonaviy ma’lumotlar bilan ta’minlash uchun hamma narsani qilish kerak", — dedi u.
Yig‘ilishda global raqamlashtirish sharoitida ma’lumotlarni yig‘ishning yangi imkoniyatlaridan foydalanish “Yevroosiyo iqtisodiy yo‘li YeOIIda iqtisodiy jarayonlarni yanada rivojlantirish to‘g‘risidagi deklaratsiya qoidalarini hisobga olgan holda 2030-yilgacha Ittifoq doirasida statistikani rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasini shakllantirish” haqida so‘z bordi.
Ma’lumotlar evolyutsiyasi davrida statistik metodologiyani uyg‘unlashtirish, raqamli infratuzilmani modernizatsiya qilish, statistik va geofazoviy ma’lumotlar integratsiyasi, axborotning muqobil manbalari va axborotni to‘plash, vizuallashtirish va tahlil qilish uchun sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish muhokamaning asosiy mavzulari bo‘ldi.
Aynan shu jihatlar komissiya Ittifoq mamlakatlari bilan birgalikda ishlab chiqishni boshlagan 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan statistika sohasida YeOII integratsiyasini rivojlantirish konsepsiyasining ustuvor yo‘nalishlari asosini tashkil etdi.