KazanForum-2024: O‘zbekiston vakillari Rossiyaning yirik farmatsevtik korxonasiga bordi

Korxona tomonidan O‘zbekistonga investitsiya kiritish taklifi bildirildi va yaqin kunlarda O‘zbekistonga tashrif tashkil etilishi ma’lum qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 18-may — Sputnik. “Rossiya-Islom olami: KazanForum-2024” doirasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi vakillari Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida joylashgan “Tatkhimfarmpreparaty” AJ faoliyati bilan tanishdilar. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi axborot xizmati xabar berdi.
Predstaviteli Uzbekistana posetili krupnoe rossiyskoe farmatsevticheskoe predpriyatie
Tanishuv davomida importni tahlil qilgan holda hali o‘zlashtirilmagan dori vositalarini o‘zlashtirish, yangi dori vositalarini ishlab chiqarish, sifat va ishlab chiqarish hajmini oshirish, kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Korxona tomonidan O‘zbekistonga investitsiya kiritish taklifi bildirildi va yaqin kunlarda O‘zbekistonga tashrif tashkil etilishi ma’lum qilindi.
Predstaviteli Uzbekistana posetili krupnoe rossiyskoe farmatsevticheskoe predpriyatie
“Tatkhimfarmpreparaty” AJ Rossiya Federatsiyasining yirik farmatsevtik korxonasi bo‘lib, O‘zbekistonga 2022-2023 yillarda umumiy qiymati 4,5 mln AQSh dollari bo‘lgan dori vositalari eksportini amalga oshirgan.
Qozon shahrida “Rossiya — Islom olami: KazanForum” XV xalqaro iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda. 14-19 may kunlari bo‘lib o‘tayotgan mazkur tadbirda 80 dan ortiq davlatlardan 11 000 ga yaqin ishtirokchi qatnashmoqda.
15 yildan buyon o‘tkazilib kelinayotgan mazkur Forumning bu yilgi asosiy mavzusi “Ishonch va hamkorlik” bo‘lib, “KazanForum” biznes dasturi 12 ta tematik yo‘nalishni birlashtiradi: xalqaro hamkorlik, iqtisodiyot, turizm, biznes, fan va texnologiyalar, islom moliyasi va investitsiyalari, sport, halol sanoat va boshqalar.
KazanForum: O‘zbekistonda parvozlar xavfsizligi qanday?