O‘zbekistonda "BMT-ayollar" tuzilmasining vakolatxonasi ochiladi

Mirziyoyev Osiyo xotin-qizlari forumi yakunlarini yuqori baholadi.
Sputnik
TOShKENT, 15-may — Sputnik. O‘zbekistonda "BMT-ayollar" tuzilmasining vakolatxonasi ochiladi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) bosh kotibining o‘rinbosari, "BMT-ayollar" tuzilmasi ijrochi direktori Sima Sami Baxus boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Shavkat Mirziyoyev "BMT-ayollar" tuzilmasi ijrochi direktori bilan uchrashdi
Uchrashuvda mamlakatning "BMT-ayollar" tuzilmasi bilan konstruktiv hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va manfaatlarini ilgari surish sohasidagi barcha asosiy xalqaro konvensiyalarga qo‘shilgan, BMTning tegishli komissiyasi ishida faol ishtirok etmoqda.
Hukumatda xotin-qizlar bo‘lmasa, mamlakat taraqqiyoti mumkin emas — senator
“Osiyo xotin-qizlari forumining samarali yakunlari yuqori baholandi. Ushbu forumni Osiyo mintaqasida ayollar huquqlarini kengaytirish masalalari bo‘yicha doimiy muloqot platformasiga aylantirish muhimligi ta’kidlandi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, mintaqaviy darajadagi aniq loyiha va dasturlarni o‘z ichiga olgan o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan dasturni qabul qilish zarur.
O‘zbekistonda xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi 35 foizga ko‘tarildi — Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev
"BMT-ayollar" tuzilmasining mamlakatda vakolatxonasini ochish masalasi qo‘llab-quvvatlandi.
Eslatib o‘tamiz, 13-14 may kunlari Samarqandda "Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv" mavzusida Osiyo xotin-qizlari forumi bo‘lib o‘tdi.