Putin davlat tashrifi bilan Xitoyga boradi

Rossiya yetakchisining lavozimga kirishishdan keyingi birinchi tashrifi Xitoyga bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 14-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin XXR raisi Si Szinpinning taklifiga binoan Xitoyga tashrif buyuradi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif 16—17 may kunlari amalga oshiriladi.

“Xitoy raisi Si Szinpinning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin o‘z lavozimiga kirishganidan so‘ng ilk xorijiy safari sifatida 16-17 may kunlari Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi bilan boradi”, — deyiladi xabarda.

Rossiya prezidenti va XXR raisi o‘rtasidagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha davlat rahbarlarining qo‘shma bayonoti va bir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan. Mamlakat yetakchilari hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilaydi, eng dolzarb muammolarni muhokama qiladi.
Shuningdek, eng dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashiladi.
Bundan tashqari, Vladimir Putin va Si Szinpin diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 75-yilligi hamda Rossiya va Xitoy madaniyati yillarining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali kechada ishtirok etadi.
Rossiya va Xitoy o‘zaro manfaatli hamkorlikka intiladi — Putin