O‘zbekiston Qozog‘istonga 922 million kub metr suv yetkazib bermoqchi

Qozog‘iston janubiy viloyatlarini suv bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Qozog‘iston 2024-yilgi sug‘orish davrida O‘zbekistondan Do‘stlik kanali orqali 922 million kub metr suv oladi. Bu haqda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston vakillari ishtirok etgan Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyasining 86-yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda mavsumida Do‘stlik davlatlararo kanali orqali oqib o‘tadigan 922 million kub metr suvni Qozog‘istonga yetkazib berishga kelishildi.
Qozog‘iston 2024-yil sug‘orish davrida O‘zbekistondan "Dostik" kanali orqali 922 million kub metr suv oladi.
Aytilishicha, Turkiston viloyatidagi Shardara suv omborida 4,8 milliard kub metr suv to‘plangan. Qozog‘iston janubidagi dalalarni sug‘orishda foydalaniladigan To‘qtagul suv omborida (Qirg‘iziston) 8 milliard kub metr suv yig‘ildi.
Shuningdek, yig‘ilishda Norin-Sirdaryo kaskadi suv omborlarini joriy yilning 30-sentabriga qadar foydalanishning prognoz jadvali tasdiqlandi. Qolaversa, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi ishlar muhokama qilindi.
Aytilishicha, “Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida suv-energetika sohasidagi hamkorlik mexanizmini yaratish to‘g‘risida”gi shartnoma loyihasi ham ishlab chiqilmoqda.

“Hozirgi birinchi vazifamiz toshqin suvini yig‘ishdir. Biz uni Kaspiy dengizi, Balxash, Qamish-Samar ko‘llariga, Ulitov viloyatidan Qizilo‘rda viloyati ko‘llariga va boshqalarga jo‘natamiz. Lekin ayni paytda janubiy viloyatlarni suv bilan ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Bu borada esa suv diplomatiyasi muhim ahamiyatga ega", – dedi Qozog‘iston suv xo‘jaligi va irrigatsiya vaziri Nurjon Nurjigitov.

Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyasining 86-yigilishining navbatdagisi shu yilning sentabr oyida Turkmanistonda bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston transchegaraviy suv hisoblagichlar o‘rnatishga kelishib oldi