O‘zbekiston 2025-yilda ko‘mir qazib chiqarish hajmini 10 mln tonnaga yetkazadi

Respublikadagi ko‘mir zaxiralari qariyb 2 milliard tonnani tashkil etadi.
Sputnik
TOShKENT, 13-may — Sputnik. O‘zbekiston 2025-yilda ko‘mir qazib chiqarish hajmini 10 million tonnaga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi ko‘mir qazib chiqarishni oshirish rejalari taqdimotida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, respublikadagi ko‘mir zaxiralari qariyb 2 milliard tonnani tashkil etadi.
Shavkat Mirziyoyev ko‘mir qazib chiqarishni oshirish rejalari taqdimoti bilan tanishdi.
“2016 yilda bu ko‘rsatkich yiliga 4 million tonnadan kam bo‘lgan bo‘lsa, 2023-yilda 6 million 550 ming tonnaga yetdi”, — deyiladi xabarda.
O‘tgan yili tadbirkorlar tomonidan 369 ming tonna ko‘mir qazib chiqarildi.
Shavkat Mirziyoyev ko‘mir qazib chiqarishni oshirish rejalari taqdimoti bilan tanishdi.

“Bu yil ko‘mir qazib chiqarish 8 million tonnaga yetkaziladi. Shundan 900 ming tonnasi tadbirkorlar tomonidan olinadi. “Sharg‘unko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida yiliga 500 ming tonna ko‘mirni boyitish uskunasi ishga tushiriladi”, — deya qayd etilgan xabarda.

Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridagi to‘rtta maydonda geologiya ishlari olib borilmoqda va kelgusi yilda qazib chiqarishga yo‘naltiriladi.
Shavkat Mirziyoyev ko‘mir qazib chiqarishni oshirish rejalari taqdimoti bilan tanishdi.
“Ilg‘or xorijiy tajribani qo‘llagan holda ko‘mir qatlamlarini baholash va burg‘ilash ishlari davom ettirilmoqda. Bularning natijasida 2025-yilda ko‘mir qazib chiqarish hajmini 10 million tonnaga yetkazish rejalashtirilgan”, — deya ta’kidlandi taqdimotda.
O‘zbekiston ko‘mir qazib chiqarish hajmini oshirishni rejalashtirmoqda