TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekistonda o‘zlashtirilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmida Xitoy va Rossiya ulushi yuqori. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2024-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 107,1 trln so‘mni tashkil etgan.
Shundan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar ulushi 68,9 % ga yetgan.
O‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan investor davlatlar:
Xitoy – 23 %;
Rossiya – 13,8 %;
Turkiya – 8,5 %;
Saudiya Arabistoni – 7,2 %;
BAA – 4,8 %;
Germaniya – 3,8 %.