Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenni mag‘lub etdi

Nodir Abdusattarov igrayet protiv Magnusa Karlsena
Varshavada Superbet Rapid & Blitz turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenni mag‘lub etdi.
Varshavada "Superbet Rapid & Blitz" turniri bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqa 8-12 may kunlari bo‘lib o‘tadigan uchta tezkor shaxmat turnirining birinchisi. Sovrin jamg‘armasi 175 ming dollarni tashkil qiluvchi musobaqaning birinchi bosqichida Nodirbek Abdusattorov, Magnus Karlsen, Vey I, Anish Giri, Gukesh Dommaraju, Kirill Shevchenko kabi shaxmatchilar ishtirok etmoqda.
Abdusattorov turnirning blis yo‘nalishi 3-turidan o‘rin olgan bahsda norvegiyalik Magnus Karlsenni mag‘lubiyatga uchratdi.
Karlsen farzinni boy berib qo‘yganidan so‘ng asabiylashdi va mag‘lubiyatni tan oldi.
Hozirda Magnus Karlsen 6 ochko bilan 2-o‘rinda, Nodirbek Abdusattorov esa 4,5 ochko jamg‘argan holda 4-o‘rinda bormoqda. Abdusattorov rapid yo‘nalishida 8 ochko bilan 7-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Magnus kunni Kirill Shevchenko ustidan g‘alaba bilan boshlagan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi raundlarda ikkita mag‘lubiyatga uchradi. Masalan, Nodirbek Abdusattorov bilan kechgan o‘yinda o‘ta og‘ir vaziyatdagi halokatli zarbani o‘tkazib yubordi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Abdusattorov "Tata Steel Chess-2023” turnirida jahon chempioni Magnus Karlsen ustidan g‘alaba qozongandi.