TOShKENT, 11-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida mahallalarda bandlikni ta’minlash va mehnat migratsiyasini tartibli tashkil etish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari tashabbusi bilan barcha hududlarda Sayxunobod tajribasi amalga oshirilmoqda. Mutasaddilar bu boradagi ishlarning tuman va mahallalar kesimidagi ijrosi yuzasidan axborot berdi.
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po voprosam obespecheniya zanyatosti v maxallyax, uporadochennoy organizatsii trudovoy migratsii
Qayd etilishicha, har bir mahallaga iqtisodiy kompleks tashkilotlari rahbarlari biriktirilgan. Ular u yerdagi kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlab, odamlarning daromadini oshirishga ko‘maklashmoqda. Buning uchun arzon kreditlar, subsidiya va imtiyozlar yo‘naltirilayapti. Agrosanoat mutaxassislari bilan birga aholi tomorqalarida serdaromad ekinlar ekilayapti.
Prezident ishlar hamma joyda ham birdek tashkil qilinmayotganini ko‘rsatib o‘tdi. Bugungi murakkab vaziyatda odamlarni ishli va daromadli qilishning yagona yo‘li ichki imkoniyatlarni to‘la safarbar etish ekanini ta’kidladi.
Fuqarolarni chet elda ishlashga tartibli va xavfsiz jo‘natish, O‘zbekistonga qaytganlarning bandligini ta’minlash ham muhim vazifalardan. Shu bois Bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyati isloh qilinmoqda. Barcha hududlarda “Xorijga ish – mahalladan” tamoyili yo‘lga qo‘yilmoqda.
Yetarli malakasi bo‘lmagan fuqarolar kasb-hunarga qo‘shimcha o‘qitiladi, xorijlik ish beruvchilar talabiga qarab maqsadli tayyorlanadi. Shu asosida yaqin muddatlarda 150 ming kishi daromadi yuqori mamlakatlarga yuborilishi mo‘ljallangan.
Mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarga ham alohida e’tibor qaratiladi. Sayxunobod tajribasi asosida ularga tomorqada mahsulot yetishtirish, tadbirkorligini ochishga tashkiliy-moliyaviy ko‘mak beriladi.
Davlat rahbari fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatish, bandlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi.
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po voprosam obespecheniya zanyatosti v maxallyax, uporadochennoy organizatsii trudovoy migratsii
Migratsiya bo‘yicha yagona axborot platformasini yaratib, “mahalla yettiligi” tizimi bilan integratsiya qilish, xorijda qiyin vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarga ko‘maklashish zarurligi ta’kidlandi.