O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan xom ipak sifati 5A klassga yetkaziladi

Dala chetlaridagi yakka qator ekilgan tut daraxtlari soni 500 millionga yetkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 8-may — Sputnik. O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan xom ipak sifati 5A klassga hamda uni qayta ishlash darajasi 75 foizga yetkaziladi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan tegishli farmonda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, respublikada pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlari joriy qilinishi jadallashtiriladi.
Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida 2024–2027 yillar davomida:
tutzorlar yer maydoni 160 ming gektarga, dala chetlaridagi yakka qator ekilgan tut daraxtlari soni 500 millionga;
respublikada ipak qurti urug‘iga bo‘lgan ehtiyojni mahalliylashtirish darajasi 80 foizga;
respublikada ishlab chiqariladigan xom ipak sifati 5A klassga hamda uni qayta ishlash darajasi 75 foizga yetkaziladi.
Prezidentning PF–85-sonli farmonida nazarda tutilgan 105 ming gektar yer maydoni “E-auksion” elektron savdo platformasiga ijaraga berish uchun aniqlangan boshlang‘ich bahosining 10 foizi miqdoridagi narx bilan joylashtiriladi.
Bu yil pilla narxi 25 foizga oshiriladi