AQShning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi — Baydenning maslahatchisi

FT: Bayden maslahatchisi Sallivan AQShning Kiyevga yordami Rossiyani to‘xtata olmasligini tan oldi.
Sputnik
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Yaqinda Vashington tomonidan ma’qullangan Kiyevga yordam Rossiyaning frontda muvaffaqiyat qozonishiga to‘sqinlik qila olmaydi. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti Financial Times gazetasiga tayanib.
“Sallivan, o‘tgan oy tasdiqlangan AQShning yangi yordam paketiga qaramay, u hali ham “yaqin davrda” frontda “Rossiya yutuqlarini” kutayotganini aytdi”, — deb yozadi nashr Sallivanning nutqiga tayanib.
Shu bilan birga, Baydenning maslahatchisi Ukraina 2025-yilda hujumga o‘tishni rejalashtirayotganini aytdi. Nashr ta’kidlaganidek, amaldorning bu so‘zlari, agar amaldagi davlat rahbari Qo‘shma Shtatlardagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Oq uy Ukrainadagi mojaro rivojiga qanday qarashini ko‘rsatadi.
Material muallifiga ko‘ra, 2025-yilda Ukraina Qurolli kuchlarining har qanday hujumi AQShdan ko‘proq moliyalashtirilishiga bog‘liq bo‘ladi.
“Ammo sobiq prezident va Respublikachilar partiyasidan taxminiy nomzod bo‘lgan Donald Tramp Ukrainaga yordam berilishiga shubha bilan qaraydi va mojaroga tezda barham berishga va muzokaralar yo‘li bilan yechim topishga harakat qilishga va’da berdi”, — deya qayd etdi nashr.