Qirg‘iziston elchixonasining yangi binosi ochildi

Ikki mamlakat bosh vazirlari ramziy tasmani kesib, Qirg‘iziston diplomatik vakolatxonasi binosini ochib berdilar.
Sputnik
TOShKENT, 3-may — Sputnik. Qirg‘izistonning Toshkent shahridagi elchixonasi yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri matbuot kotibi xabar berdi.
Marosim Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi – prezident administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarovning O‘zbekistonga tashrifi doirasida o‘tkazildi.
Rabochiy vizit predsedatelya kabineta ministrov KR Akilbek Japarov v Tashkent
Ikki mamlakat bosh vazirlari ramziy tasmani kesib, Qirg‘iziston diplomatik vakolatxonasi binosini ochib berdilar. Elchixonada diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Shuningdek, Abdulla Aripov va Aqilbek Japarov ikki mamlakat va qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarini mustahkamlashga intilish ramzi sifatida ikki tup daraxt ekdilar. Elchixona Faxriy mehmonlar kitobiga o‘z tilaklarini yozib qoldirdilar.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlari uchrashdi