"O‘tgan uch yil davomida mazkur forum ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni kegaytirish, eng dolzarb muammolarni muhokama qilish, ilg‘or g‘oya va yondashuvlarni ishlab chiqish uchun samarali muloqot maydoniga aylandi. Bugungi tadbirimizga 93 ta davlatdan 2,5 mingdan ortiq xorijiy mehmonlar kelgani ham forumning ahamiyati tobora ortib borayotganidan dalolat. Bu o‘z navbatida mamlakatimizda ortga qaytmaydigan islohotlarga, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga bo‘lgan ulkan qiziqishdan dalolat beradi. Islohotlar ortga qaytmaydi degan fikr bu adolatli haqiqat. Xalqimiz endi bizdan ham, rahbariyatdan ham islohot davomiy bo‘lishini talab qiladi. Shuni alohida aytmoqchimanki, mamlakatimizda ortga qaytmaydigan tus olgan islohotlar davom ettiriladi", — dedi prezident.