“Albatta, bu bizning oldimizda turgan katta xavf xatarlardan biri. Shunga biz tayyor bo‘lishimiz kerakligidan dalolat. Hamkorlar bilan har bir davlat o‘zining to‘g‘ri yo‘lini topishga intilyapti. Xavf va tahdidlar kuchayib borayotgani bu ham haqiqat. Tovar va xizmatlarni yetkazib berish zanjiridagi uzilishlar, xalqaro savdoning pasayishi, xalqaro invistitsiya oqimlarining kamayishi, iqlim ofatlarining kuchayishi vaziyat naqadar beqaror va zaif ekanini yaqqol ko‘rsatapti”, — dedi prezident.
“Albatta, biz bugun jahonda investorlar uchun kurash ketayotganini yaxshi tushunamiz. Biroq bir o‘zgarmas haqiqat tobora oydinlashmoqda. Hech bir mamlakat bu kabi o‘tkir muammolarni yakka holda hal etolmaydi. O‘zaro ishonch va hurmat ruhi, bir-birini qo‘llab-quvvatlash tamoyili uzoq muddatli hamkorlikning mustahkam ustuni bo‘lib qolaveradi”, — deya qayd etdi Mirziyoyev.
"Bundan 7-yil muqaddam biz uchun oson bo‘lmagan, lekin katta marralarni ko‘zlagan tizimli islohotlarni boshlagan edik. Bu islohotlarga ishongan ham bor edi, lekin ko‘plar ishonmagan edi. Avvalari investitsiya uyoqda tursin, konvertatsiya ham yo‘q edi. Biz 7-yil oldin boshlagan ishlarimizda do‘stlarimiz ishongan edi, lekin hamma O‘zbekiston nima bo‘lar ekan deb shubha bilan qaragan edi. Shuning uchun biz iqtisodiyotni erkinlashtirish, qulay investitsiya muhitini yaratish, tadbirkorlar uchun imkoniyatlarni har tomonlama kengaytirishni asosiy maqsad etib belgiladik", — deya ta’kidladi prezident.