TOShKENT, 1-may — Sputnik. “Kumushkon” va “Chashma” qishloqlariga rasman “turizm qishlog‘i” maqomi berildi, deya xabab berdi Turizm qo‘mitasi.
Toshkent viloyatining Parkent tumanida joylashgan “Kumushkon” va “Chashma” qishloqlariga “turizm qishlog‘i” maqomi berildi.
Poselkam "Kumushkon" i "Chashma" prisvoyen status "turisticheskoy derevni"
© Komitet po turizmu
“Kumushkon va Chashma qishloqlari o‘zining betakror so‘lim tabiati, toza havosi, yashash tarzi, madaniy meros ob’ekti va ziyoratgohlari bilan sayyohlarni o‘ziga jalb qilmoqda. O‘tgan yili Parkent tumaniga 50 mingga yaqin xorijiy va 900 mingga yaqin mahalliy sayyohlar mehmon bo‘ldi”, —deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bu yil hududlarda turizm sohasini rivojlantirish va sayyohlarga qulaylik yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli obodonchilik ishlari va turizm obyektlarini tashkil etish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.
Keyingi yillarda ham mahalliy va xorijiy sayyohlarga yuqori sifatda turizm xizmatlari yo‘lga qo‘yilishi tizimli ravishda olib boriladi.