TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Ko‘plab ukrainalik qo‘mondonlar AQShdan ko‘p milliard dollarlik yordam ko‘rsatishiga qaramay, Kiyevning g‘alabasiga ishonmayapti. Bu haqda RIA Novosti Blick nashriga tayanib xabar berdi.
“Vashingtonning 61 milliard dollar miqdoridagi harbiy yordamiga qaramay, ko‘plab Zelenskiy qo‘mondonlari endi g‘alabaga ishonmayapti”, — deb yozadi nashr Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlariga tayanib.
Nashr Sergey deb atagan gazeta bilan suhbatlashgan zobitlardan biri Rossiya oktabrgacha Donbassni to‘liq bosib olishi mumkinligini aytdi.
Bunday ayanchli vaziyatning sabablarini harbiylar kadrlar yetishmasligi, G‘arbdan kelayotgan yordam transhlarining kechikishi, qo‘mondonlik tomonidan o‘zboshimchaliklar bilan ko‘rsatmoqda. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy tayinlangach, ba’zi brigadalar “deyarli o‘q-dorilar va odamlarsiz” topshiriqlarga jo‘natilgan.