TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Shu yilning 9-mayidan boshlab Samarqanddan Nijniy Novgorodga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi.
"Samarqand – Nijniy Novgorod – Samarqand" yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar payshanba kunlari quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:
Samarqanddan jo‘nab ketish soat 09:20, Samarqand vaqti bilan;
Nijniy Novgorodga yetib kelish soat 11:10, Nijniy Novgorod vaqti bilan;
Nijniy Novgoroddan jo‘nab ketish soat 12:30, Nijniy Novgorod vaqti bilan;
Samarqandga yetib kelish soat 18:00, Samarqand vaqti bilan.
Bir tomonga aviachiptalar narxi 1 810 000 so‘mdan, Samarqand – Nijniy Novgorod – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha esa 2 371 000 so‘mdan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning aprel oyida "Uzbekistan Airways" bahor-yoz jadvali bo‘yicha Toshkentdan Nijniy Novgorodga muntazam qatnovlarni amalga oshirishni boshlagan edi.