TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Shvetsiyada Qur’onni yoqish bilan bog‘liq navbatdagi aksiya uyushtirildi, bir ayol politsiya himoyasida musulmonlarning muqaddas kitobini yoqib yubordi. Bu haqda RIA Novosti Turkiyaning A Haber telekanaliga tayanib xabar berdi.
“Shvetsiyada yana bir qabih ish.Shvetsiya poytaxti Stokgolmda Jeyd Sandberg ismli islomga qarshi ayol politsiya himoyasida Qur’oni Karimni yoqib yubordi”, — deb xabar qildi telekanal X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida aksiya videosini ko‘rsatib.
Shvetsiyaning SVT telekanali avvalroq Shvetsiya politsiyasiga Qur’onni yoqish bilan aksiya o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi so‘rov mamlakatda “Yevrovidenie” qo‘shiq tanlovi boshlanishidan bir kun avval kelib tushgani haqida xabar bergan edi.
Avvalroq Islom hamkorlik tashkiloti va uning ko‘plab a’zolari Qur’onning yoqib yuborilishini keskin qoralagan edi. Shvetsiya rasmiylari bunday harakatlarga ruxsat beruvchi jamoat tartibi to‘g‘risidagi qonunni qayta ko‘rib chiqishni boshlashlari haqida xabar berishdi.