Badiiy gimnastika: Jahon kubogida O‘zbekiston dastlabki medalni qo‘lga kiritdi

Medalga jamoa yetakchisi Taxmina Ikromova mualliflik qildi.
Sputnik
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda o‘tayotgan Jahon kubogi bosqichida o‘zining dastlabki medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Medalga jamoa yetakchisi Taxmina Ikromova mualliflik qildi. U ko‘pkurash dasturida roppa-rosa 135 ball bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi.
“Endi u ertaga yakkalik yo‘nalishidagi barcha mashqlarda (4 ta) o‘tadigan final dasturida medallar uchun kurashni davom ettiradi”,deyiladi xabarda.
Musobaqa g‘oliblari:
Darya Varfolomeyev (Germaniya) - 135.95
Taxmina Ikromova (O‘zbekiston) - 135.00
Borana Kaleyn (Bolgariya) - 133.25
Badiiy gimnastika: Taxmina Ikromova Jahon kubogida sovrindor bo‘ldi