“15 mingtaga yaqin korxonalarni qamrab olgan korxona monitoringining ma’lumotlariga ko‘ra, korxonalarning qariyb 70 foizi kadrlar yetishmasligini qayd etgan”, - dedi Nabiullina.
Inflyatsiya pasaymoqda
"Bizning barqaror inflyatsiya, ayniqsa, o‘tgan yilgi cho‘qqilarga nisbatan keskin pasayib bormoqda. Bu chorakda ham uning pasayganini ko‘rmoqdamiz. Yil oxiriga kelib narxlarning joriy o‘sish sur’ati — 4% darajasida yoki undan ham pastroq bo‘lishiga ishonamiz", - dedi mutaxassis.
Pul-kredit siyosati
"Ayrim doiralarda keng tarqalga fikrlarga qaramasdan, qattiq pul-kredit siyosati o‘z o‘zidan iqtisodiy o‘sishni to‘xtata olmaydi. Iqtisodiyot haddan tashqari "qizib turgan" davrda, talabning qo‘shimcha o‘sishi ishlab chiqarishning sezilarli o‘sishiga olib kelmaydi, lekin inflyatsiyaning sezilarli tezlashishiga olib keladi", - dedi Nabiullina.
Valyuta kurslari belgilash
Buning uchun Markaziy Bank oltin-valyuta zahiralarini sarf qila boshlaydi, lekin ularning ham oxiri bor. Ikkinchidan — zahiralarning kamayishi milliy valyutaning keskin devalvatsiyasiga olib keladi. Shu sababli bu yo‘l mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas", - deb tushuntirdi Nabiullina.