O‘zbekiston va YeOII

Rossiya banki YeOIIning 10-yilligiga bag‘ishlangan esdalik tanga chiqardi

Esdalik tangalari uch ming dona chiqarilgan bo‘lib ular Rossiya hududida qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi.
Sputnik
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Rossiya Markaziy banki YeOIIning 10-yilligiga bag‘ishlangan esdalik tanga chiqardi, deb xabar qilmoqda bank matbuot xizmati.
Nominal qiymati 3 rubl bo‘lgan "YeOII 10-yilligi" esdalik kumush tangasi 2024-yil 26-aprel kuni muomalaga chiqarildi. Unda qimmatbaho metalning sof massasi 31,1 g,ni tashkil qiladi. Probasi 925, diametri 39,0 mm bo‘lgan doira shakliga ega.
YeOIIning 10-yilligiga bag‘ishlangan esdalik tanga
Tanganing old tomonida Rossiya Davlat gerbi va “ROSSIYa FEDERATSIYaSI”, “ROSSIYa BANKI” yozuvlari mavjud.
Tanganing orqa tomonida rangli qilib ishlangan "YeAES" yozuvi hamda YeOII a’zo va kuzatuvchi-davlatlarining: (Kuba va O‘zbekiston) ramziy belgilari lazer yordamida chizilgan.
Rossiya MB banki 3 ming dona na shunday tangani muomalaga chiqargan. Bu tangalar Rossiya hududida naqd pul to‘lashning qonuniy vositasi bo‘lib, barcha turdagi to‘lovlarda cheklovlarsiz nominal qiymatida qabul qilinishi kerak.