O‘zbekistondan afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami yetkazildi

Balx viloyati rasmiylari prezident va O‘zbekiston xalqiga yordam uchun minnatdorlik bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. O‘zbekistondan afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami yetkazildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Afg‘on xalqiga 169 tonnadan ortiq zarur oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan navbatdagi insonparvarlik yuklari karvoni “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali qo‘shni mamlakatning Balx viloyatiga yetkazildi. Qayd etilishicha, yordam prezidentning topshirig‘iga asosan yetkazilgan.
Insonparvarlik yordami tarkibi:
48 tonna un
48 tonna bug‘doy
15 tonna o‘simlik yog‘i
10 ming 80 dona konservalangan go‘sht mahsulotlari (tushonka)
22 tonna makaron
24 tonna shakar hamda 100 ming dona tez tayyorlanadigan lapsha.
Hayraton shahridagi "Astras" kompaniyasi hududida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, O‘zbekiston tashqi ishlar vazining o‘rinbosari Erkin Hamrayev va Afg‘onistonning Balx viloyati gubernatori Muhammad Yusuf Vafo hamda ikki tomon rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ocherednaya gumanitarnaya pomosh dostavlena ​​afganskomu narodu iz Uzbekistana
Balx viloyati rasmiylari prezident va O‘zbekiston xalqiga og‘ir paytda ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirishdi.
“Hayraton – Mozori Sharif” temir yo‘lini ta’mirlash boshlandi
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning aprel oyida afg‘on xalqiga 185 tonnadan ortiq zarur oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan insonparvarlik yuklari Hayraton shahriga yetkazilgan edi.