TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Qo‘shma klasterlar, texnoparklar va iqtisodiy zonalar tashkil etilishi sanoat korxonalari va innovatsion kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlashning samarali vositasidir. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) sanoat va agrosanoat majmui vaziri Goar Barsegan Chirchiq sanoat texnologiyalar parki salohiyati bilan tanishish chog‘ida aytib o‘tdi.
YeIK vaziri texnopark hududida joylashgan uchta qo‘shma kimyo korxonasiga tashrif buyurdi:
Rhodium Polymer – Markaziy Osiyoda ko‘pikli polipropilen va undan tayyorlangan mahsulotlar ishlab chiqaradigan yagona zavod
VR Plast TPE termoplastik elastomerlar ishlab chiqarish korxonasi
Bionovatic-Agro – qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun biologik o‘simliklarni himoya qilish vositalari ishlab chiqaruvchi zavod.
Goar Barsegan ishlab chiqarishni mahalliylashtirish shartlari, boshqaruvchi kompaniyalar amaliyoti va vakolatlari bilan tanishdi.
“Chirchiq sanoat parki xorijda sanoat infratuzilmasi obyektlarini tayyorlash va tashkil etish bo‘yicha Rossiyaning eng yaxshi vakolatlariga asoslangan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning muvaffaqiyatli namunasidir”, — dedi Barsegan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda YeOII mamlakatlari zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish bo‘yicha innovatsion loyihalarga ustuvor ahamiyat qaratmoqda va mashinasozlik, gaz-kimyo majmuasi, metallurgiya, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati va boshqa ko‘plab sohalardagi yirik loyihalarga faol sarmoya kiritmoqda.
“Ishonchim komilki, Ittifoq mamlakatlari ishlab chiqaruvchilari O‘zbekiston texnoparklari afzalliklaridan faol foydalanishimiz qo‘shma loyihalar portfelini ko‘paytirish imkonini beradi. Respublikaning o‘zi uchun bu Yevroosiyo “beshligi” bilan hamkorlikni rivojlantirishning yangi bosqichi va uning hududida Markaziy Osiyodagi eng yirik ishlab chiqarish markazini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Tashrif doirasida Goar Barsegan va O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ministr YeEK posetila raspolojennie na territorii texnoparka tri sovmestnix ximicheskix predpriyatiya
© YeEK
Unda YeIK va O‘zbekiston hukumatining sanoat sohasida qo‘shma tadbirlar rejasini amalga oshirish, O‘zbekiston vakillarining YeOII sanoat siyosati bo‘yicha kengashi majlislarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi va O‘zbekistonning yengil sanoatga ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha Ittifoq davlatlari bilan tajriba almashishi masalalari muhokama qilindi.