TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Moskvada YeOII mamlakatlari va Moldova vakillari ishtirokida davra suhbati formatida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davra suhbati shaklida o‘tkazilmoqda. Unda Federatsiya Kengashi raisi o‘rinbosari Konstantin Kosachov, Rossiya Davlat dumasi ta’lim qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, Yevroosiyo kengashi raisi Alona Arshinova, “Rossotrudnichestvo” rahbari Yevgeniy Primakov ishtirok etdi.
Shuningdek, ekspertlar, siyosatshunoslar, olimlar, jumladan, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti katta ilmiy xodimi, Rossiya iqtisodiyot universiteti filiali dotsenti Ravshan Nazarov ham taklif etilgan. Ishtirokchilar milliy iqtisodiyotning integratsiyasi va barqarorligi, “Xalqaro munosabatlar va milliy suverenitet”, “Yevrosiyo tinchlik tashabbusi” kabi mavzularni ko‘rib chiqishdi.
“Yevroosiyo” notijorat tashkiloti yoshlar, tadbirkorlar, sportchilar, madaniyat, fan va ta’lim arboblarini, shuningdek, postsovet hududidagi mamlakatlarni birlashtiruvchi boshqa soha vakillarini qo‘llab-quvvatlaydi.