TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Toshkent va Yekaterinburg shaharlari o‘rtasida istiqbolli hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda poytaxt xokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahri rahbari Aleksey Orlov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahri rahbari Aleksey Orlov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
© Xokimiyat goroda Tashkenta
Umurzakov ikki tomonlama samarali hamkorlik yo‘lida muhokamaga tayyorligini ma’lum qildi.
O‘z navbatida, Orlov Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” 4-xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etish barobarida, Toshkent shahar hokimligiga tashrif buyurganidan mamnunligini bildirib, ushbu tashrif katta imkoniyatlar eshigini ochishiga ishonch bildirdi.
“U Yekaterinburg shahrining logistika, og‘ir va yengil sanoat, axborot texnologiyalari, tibbiyot va qator boshqa yo‘nalishlardagi imkoniyatlari haqida batafsil to‘xtaldi hamda istiqbolli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklifini bildirdi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ayni paytda Toshkentda yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish, aholi uchun inklyuziv muhit yaratish, xavfsiz va aqlli shahar konsepsiyasini amalga oshirish, qurilish va boshqa qator yo‘nalishlarda yirik loyihalar mavjud. Bu borada o‘zaro manfaatli sheriklik imkoniyatlari keng.
Uchrashuv yakunida taraflar muloqotni davom ettirish orqali, o‘zaro istiqbolli yo‘nalishlarni belgilashga kelishib olishdi.