“Bizga yaxshi ma’lumki, Rossiya Federatsiyasi O‘zbekiston uchun eng strategik hamkor davlat hisoblanadi. Ular bilan oxirgi yillarda savdo-sanoat sohasida biz yetakchi o‘rinlarga chiqdik. Ta’kidlash lozimki, so‘nggi 5-yilda Toshkent viloyati bilan Rossiya Federatsiyasi subyektlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikda sezilarli natijalarga erishildi”, — deya qayd etdi u.
"Toshkentda Rossiyada eng taniqli kompaniya "Penopleks" va "Bumfa" grup kompaniyalari issiqlik izolyatsiya materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha 10 million dollardan investitsiya kiritdi va ularning xar birida 200 tadan ish o‘rni yaratildi. Bizning asosiy maqsadimiz fuqarolarimizga yangi ish joylarini taqdim etish", — dedi u.
"Texnoparkda qisqa vaqtda 32 million dollarlik 14 ta loyiha ishga tushdi. Hozirda 98 million dollarga teng bo‘lgan 9 ta loyiha ishga tushish arafasida. Shuningdek, qiymati 110 million dollarlik yana 10 ta loyiha ko‘rib chiqilmoqda", — deya qo‘shimcha qildi u.