O‘zbekistonda Novgorod qurilish kollejining filiali ochilishi mumkin

Novgorod qurilish kollejini respublikada ochish taklifi o‘zbekistonlik hamkorlardan kelib tushgan.
Sputnik
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. O‘zbekistonda Novgorod qurilish kollejining filiali ochilishi mumkin. Bu haqda Novgorod viloyati gubernatori Andrey Nikitin Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyoda sanoat kooperatsiyasi: mintaqaviy e’tibor” yalpi sessiyasida aytib o‘tdi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Nikitinning so‘zlariga ko‘ra, Novgorod qurilish kollejini respublikada ochish taklifi o‘zbekistonlik hamkorlardan kelib tushgan.
“O‘zbekistonlik hamkorlar bizning qurilish kollejining respublikada filialini ochish taklifi bilan murojaat qilishdi, aytishlaricha u Rossiyada eng zo‘ri. Biz bunda ishtirok etishga va pilot mintaqa bo‘lishga tayyormiz”, — dedi Nikitin.
Gubernator bu hamkorlikda amalga oshirilayotgan yana bir loyiha bo‘lishiga umid bildirdi.
Uning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda Novgorod viloyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan elektron protezlar ishlab chiqaruvchi korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘tgan yilgi va bu yilgi ko‘rgazma ishtirokchisi bo‘lgan Rossiya kompaniyasi ekzoskeletlar, vertikalizatorlar va elektron protezlar bilan shug‘ullanadi.

“Mazkur korxona o‘zbekistonlik hamkorlar bilan hamkorlikda qo‘shma korxona tashkil etdi va bugungi kunda ushbu mahsulotlarning bir qismi O‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqda", — deydi gubernator.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda to‘rtinchi bor “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.
“Innoprom. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi: kun tartibidan qanday tadbirlar joy olgan?