O‘zbekistonlik sportchilar Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi — ular kimlar?

Baydarka va kanoechilar Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga 3 ta, akademik eshkak eshuvchilar esa 2 ta yo‘llanmaga sazovor bo‘lishdi.
Sputnik
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilarning Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun qo‘lga kiritayotgan yo‘llanmalari soni ortmoqda, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Bugun Tokio shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha qit’aviy litsenzion turnirning so‘nggi kuni bo‘lib o‘tdi.
Nilufar Zokirova — litsenziat Olimpiyskix igr Parij-2024.
Unda Nilufar Zokirova 200 metr masofaga kechgan poygada oltin medal qo‘lga kiritish barobarida Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisiga aylanmoqda. Bu Zokirovaning faoiyatidagi ikkinchi Olimpiada bo‘ladi.
Shaxriyor Maxkamov — litsenziat letnix Olimpiyskix igr Parij-2024.
Baydarkada 1000 metr masofaga kechgan poygada Shaxriyor Mahkamov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Eng asosiysi, ushbu natija bilan u Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasiga ham sazovor bo‘ldi.
Anna Prakaten — litsenziat letnix Olimpiyskix igr Parij-2024.
Janubiy Koreyada o‘tayotgan akademik eshkak eshish bo‘yicha Osiyo litsenzion turnirining ayollar o‘rtasida kechgan yakkalik dasturda Anna Prakaten O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun 33-yo‘llanmani taqdim qildi.
Shaxzod Nurmatov i Sobir Safaraliyev — litsenziati letney Olimpiadi Parij-2024.
Shuningdek, akademik eshkak eshuvchilar Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev Janubiy Koreya mezbonlik qilayotgan litsenzion turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etib, yengil vaznli juftlik dasturida Parij-2024 yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
Shunday qilib, Yaponiyada baydarka va kanoe, Janubiy Koreyada akademik eshkak eshish bo‘yicha Osiyo litsenzion turnirlari nihoyaisga yetdi. Yakunda baydarka va kanoechilar Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga 3 ta, akademik eshkak eshuvchilar esa 2 ta yo‘llanmaga sazovor bo‘lishdi.