Munosabatlar tarixida yangi sahifa: Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi yakunlandi

Dushanbe xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyevni Emomali Rahmon kuzatib qo‘ydi.
Sputnik
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga yetdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Programma meropriyatiy gosudarstvennogo vizita Prezidenta Respubliki Uzbekistan v Tadjikistan zavershilas.
Kuni kecha O‘zbekiston rahbari prezident Emomali Rahmon bilan tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazdi. Davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarda yangi tarixiy bosqichni boshlab bergan Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar.
Prezidentlarning farmonlari bilan yuksak faxriy unvonlarga sazovor bo‘lgan ikki mamlakat madaniyat va san’at arboblaridan bir guruhini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Yetakchilar birgalikda “Do‘stlik oqshomi” konsert dasturini tomosha qildilar.
Bugun Mirziyoyev Tojikiston Parlamenti quyi palatasi raisi Mahmadtoir Zokirzoda va bosh vazir Qohir Rasulzoda bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Davlat rahbarlari O‘zbekistonning Dushanbedagi elchixonasi yangi binosini tantanali ravishda ochib berdilar hamda O‘zbekiston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.
Programma meropriyatiy gosudarstvennogo vizita Prezidenta Respubliki Uzbekistan v Tadjikistan zavershilas.
Programma meropriyatiy gosudarstvennogo vizita Prezidenta Respubliki Uzbekistan v Tadjikistan zavershilas.
Dushanbe xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyevni Emomali Rahmon kuzatib qo‘ydi. Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi.
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi bilan tanishishdi