TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Dushanbe shahridagi “Ko‘hi Borbad” san’at saroyida O‘zbekiston va Tojikiston san’at ustalari ishtirokida “Do‘stlik oqshomi” bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon konsertni birgalikda tomosha qildilar, deya xabar berdi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon vmeste posmotreli konsert
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon vmeste posmotreli konsert
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Ikki mamlakat san’at ustalarining bunday konsertlari xalqlarimiz o‘rtasidagi abadiy va samimiy do‘stlikni ifodalovchi yaxshi an’anaga aylangan. Zero, mehr-oqibatli bo‘lish, tinch-totuv yashash – xalqlarimizning azaliy orzusi va samimiy intilishidir. Bugun ushbu orzu-intilishlar hayotga ko‘chmoqda, mamlakatlarimiz yetakchilarining irodasi va sa’y-harakatlari tufayli xalqlarimiz yanada yaqinlashdi, davlatlararo munosabatlar ittifoqchilik darajasiga ko‘tarildi”, - deyiladi xabarda.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon vmeste posmotreli konsert
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Ta’kidlanishicha, bu jihatlar konsert dasturida yana bir bor tasdiqlandi. Iste’dodli san’atkorlar ijro etgan kuy-qo‘shiqlarda ikki xalq madaniyatining boyligi, o‘ziga xosligi va shu bilan birga mushtarakligi o‘z ifodasini topdi.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon vmeste posmotreli konsert
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi davom etmoqda.