Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda qanday kutib olindi — foto

Shavkat Mirziyoyev Dushanbe xalqaro aeroportida kutib olindi.
Sputnik
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tojikistonga keldi. Dushanbe xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi, deya xabar berdi mamlakat rahbarining matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston yetakchisini munosib kutib olish uchun aeroport maydoni davlat rahbarlarining portretlari, Tojikiston va O‘zbekiston shiorlari va davlat bayroqlari bilan bezatildi. Shuningdek, prezidentlarni ko‘plab yoshlar gullar va ikki do‘st davlat bayroqlari bilan qarshi olishdi.

"Suhbat chog‘ida davlat tashrifi yakunlari mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik, do‘stlik, strategik sheriklik va hamjihatlikni mustahkamlash va kengaytirishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi", — deyiladi xabarda.

So‘ng Prezident “Do‘stiy” maydoniga tashrif buyurib, Ismoil Somoniy haykali poyiga gul qo‘ydi.
1 / 5
2 / 5
3 / 5
4 / 5
5 / 5
Tashrif dasturida ikki mamlakat san’at ustalarining konsertini birgalikda tomosha qilish hamda "Made in Uzbekistan" mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishish rejalashtirilgan.
Davlat tashrifi doirasida bir qator tadbirlar, shu jumladan xotin-qizlar forumi, O‘zbekiston kinosi kunlari, ziyolilar, olimlar va tarixchilar konferensiyasi, milliy taomlar va turizm salohiyati festivali bo‘lib o‘tdi.
Avvalroq Toshkent shahrida Rektorlar forumi va Dushanbe shahrida biznes forumi o‘tkazilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, tashrif dasturiga muvofiq Dushanbe shahrida oliy darajadagi muzokaralar, qator ikki tomonlama uchrashuvlar va qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Muzokaralar yakunida turli sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan bitimlarning salmoqli to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.
Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifidan nimalar kutilmoqda?